Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp ma'muriyati Xitoy bilan ziddiyatni davom ettirmoqchi emas
Foto: Reuters/Damir Sagolj
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoy hukumati bilan o‘zaro ziddiyatni davom ettirish niyatida emas. Bu haqda The Washington Post gazetasi Oq uydagi manbaga tayangan holda xabar tarqatdi.
Manba so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning hozirgi siyosati Xitoy tomoni bilan munosabatlarni buzishga qaratilgan emas.
«Bu [AQShning Xitoyga nisbatan hozirgi siyosati] qandaydir munosabatlarni [mamlakatlar o‘rtasidagi] butunlay uzib tashlashdan darak berishi haqidagi fikrlar umuman noto‘g‘ri. Hammasi buning aksidir», - dedi manba.
Uning tushuntirishicha, Tramp ma'muriyatining siyosati AQSh aholisiga «uyg‘onish» va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarga yangicha nigoh bilan qarash kerakligini anglatishi lozim. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati o‘zi tanlagan siyosatni davom ettirsa, qanday «oqibatlarga» duch kelishini tushunishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoyni qo‘rqitish uchun o‘z kuchini namoyish qilmoqchi ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:29
AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng bir-biriga zarba berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026