Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi tafsilotlar: Makgregor Nurmagomedov bilan jang paytida undan uzr so‘ragan
Foto: REUTERS/ Stephen R. Sylvanie
Aralash yo‘nalish (MMA) bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregor Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) doirasidagi jang vaqtida Habib Nurmagomedovga murojaat qilgan. Twitter’dagi bir guruh foydalanuvchilar jangchilarning muloqotidan lablar harakati orqali bilib qolgan. Ular irlandiyalik uzr so‘ragan, degan xulosaga kelishdi.
Muxlislar fikriga ko‘ra, Makgregor uchinchi raund oxirida Nurmagomedovga shunday so‘zlar bilan murojaat qilgan: «It's only business» («Bu faqat biznes»). O‘z navbatida, Nurmagomedov shunday javob bergan: «I guess so» («Menimcha, bu shunaqa»).
«Boy berilgan raunddan keyin Makgregordan «bu shunchaki biznes», degan so‘zlarni eshitish kulgili. Sen masxaraboz va irqchisan, seni yaxshilab do‘pposlashdi!», - deya yozgan Ty LaBarge taxallusli foydalanuvchi.
«Shubhasiz, Konor Makgregor jang vaqtida Habibdan uzr so‘radi», - deya hisoblaydi Mr. Gonzales.
«Makgregordan o‘zini do‘pposlashayotgan vaqtda biznes haqidagi so‘zlarni eshitish qiziq. Afsuski, Meyuezer bilan sahnalashtirilgan jang va pullar bu odamni rag‘batdan mahrum qildi. Bu achinarli, sababi uni kuzatish qiziq edi. Konor endi xavf emas, top jangchi emas. U tugadi», - deya yozgan J M R.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WBC prezidenti Maurisio Sulaymon Nurmagomedov va Makgregor jangidan keyingi mushtlashuvni fojia deb atagandi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
18:33 / 15.08.2024