Butunjahon boks kengaşining (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) ğolibi Habib Nurmagomedov va aralaş yönalişlar (MMA) böyiça jangçi Konor Makgregor bahsidan keyin yuz bergan hodisaga munosabat bildirdi, deb xabar qilmoqda «RIA Novosti».

Sulaymonning ta'kidlaşiça, oktagondan taşqarida sodir bölgan muştlaşuv - bu sport emas, balki fojiaga aylanib ketişi mumkin bölgan töpolondir.

«Bunday hodisani sportga, sportning heç bir turiga boğlaş kerak emas. Bu fojia bilan yakunlanişi mumkin edi. Sport bu dunyoni yaxşiroq qiliş yöllaridan biri, u adolatli öyin va sport mahorati bilan dunyo köprigini quradi», - deya ma'lum qildi WBC prezidenti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi öğlini jazolamaslikka qaror qilgandi.