Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda AES qurilishiga doir kelishuvni tasdiqladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida respublika hududida atom elektr stansiyasini loyihalashtirish va qurish to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlovchi qarorni imzoladi. Kun.uz muxbiri o‘z manbasiga asoslanib, shu haqida xabar bermoqda.
Hujjat bilan hukumat va tegishli idoralar rahbarlariga O‘zbekistonning kelishuv doirasidagi majburiyatlari ijrosi nazoratini ta'minlash topshirilgan.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning 7 sentyabrida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi bosh vazirlari Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev tomonidan AES qurishga doir kelishuv imzolangan edi.
Mazkur hujjat O‘zbekistonda har biri 1,2 GVt quvvatga ega ikki energoblokdan iborat atom elektr stansiyasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiyaga kiritishni nazarda tutadi.
Bundan avval KUN.UZ'da Navoiy va Buxoro viloyatlari chegarasidagi To‘dako‘l atrofidagi hududlar AES qurilishi uchun salohiyatli maydon sifatida ko‘rilayotgani ma'lum qilingan edi.
"O‘zatom" agentligi direktori Jo‘rabek Mirzamahmudovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda atom elektr stansiyasining qurilishi elektr energiya tizimni barqarorlik, tejamkorlik va ekologik xavfsizlik bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026