Özbekiston va Rossiya hamkorligidagi atom elektr stansiyasi (AES) Navoiy va Buxoro viloyatlari çegarasida joylaşgan Tödaköl suv ombori yaqinida quriladi. Bu haqda «Kun.uz» muxbiri Özbekiston Fanlar akademiyasi Yadroviy fizika instituti direktori örinbosari Ilhom Sodiqovga asoslanib xabar berdi.

Foto: Ilhom Sodiqov

Uning aytişiça, avvaliga AES uçun Özbekiston böylab 70ta maydon, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan taşqari Farğona vodiysi hamda Surxondaryo viloyatidagi nuqtalar örganilgan, şu yilning martida 10ta hudud tanlab olingan. Yakunda saralangan variantlar orasidan Tödaköl köli variantida töxtalingan.

Ilhom Sodiqov Tödakölni AES qurilişi uçun zarur resurslar yetkazib berilişiga eng qulay, xavfsizlik jihatidan eng ma'qul joy sifatida ta'riflagan.

 Navoiy viloyati hududidagi Tödaköl suv ombori Buxoro şahridan 26 km şarqdagi tabiiy soylikda, Quyimozor suv omborining janubi-ğarbida barpo etilgan, 1968 yilda işga tuşirilgan. 

Suv ombori 1977 yilda rekonstruksiya qilingan. Töliq hajmi 800 mln. m³. Suv yuzasining maydoni 17,5 km², örtaça çuqurligi - 4,8 m. Töğoni balandligi 4 m, maksimal suv çiqariş imkoniyati 46,0 m³/sek. Örtaçöl kanali orqali Zarafşon daryosining ortiqça suvlarini jamğaradi, Amu-Buxoro maşina kanali orqali Amudaryodan töldiriladi. Kanalning etak qismidagi yerlarni qöşimça suv bilan ta'minlaydi. Tutaştiruvçi kanal orqali Quyimozor suv omboriga suv beradi. Tödaköl suv ombori suvi qisman minerallaşgan, suv omborida baliqçilik xöjaligi bor.

Tödaköl köli va Quyimozor suv ombori hududida hozirda 34 xil ösimlik ösadi va ulardan 8 turi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, 12 turi esa Markaziy Osiyo endemikasi sanaladi.

Özbekiston va Rossiya atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasidagi hamkorlikni 2017 yil dekabrida hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitim imzolanganidan keyin boşlagan edi.