Özbekiston va Rossiya respublika hududida atom elektr stansiyasini quriş böyiça hamkorlik töğrisida bitim imzoladi. Imzolaş marosimi Özbekiston va Rossiya Federatsiyasi boş vazirlari örtasidagi muzokaralar yakunlari böyiça bölib ötdi.

Foto: Rossiya Federatsiyasi hukumati axborot xizmati

Hujjatni Özbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov va Rossiya vazirlar mahkamasi rahbari Dmitriy Medvedev imzoladi.

Bundan taşqari, tomonlar iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning 19-yiğiliş bayonnomasini imzoladilar.

Eslatib ötamiz, avvalroq Dmitriy Medvedev RF prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga rejalaştirilayotgan davlat taşrifi dasturi kun tartibini Abdulla Aripov bilan muhokama qilgandi.

Bundan avval Aripov Moskvada muhim hujjatni imzolaşi kutilayotgani, u AES masalasiga doir ekani xabar berilgandi.