O‘zbekiston | 14:31 / 16.10.2018
5015
1 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolar yig‘ini raisining navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida o‘tkaziladi

Foto: IA Regnum

“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) navbatdagi saylovi 2019 yil may oyida o‘tkazilishi belgilandi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.

Shu munosabat bilan, fuqarolar yig‘inlari amaldagi raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining vakolatlari muddati 2019 yil may oyida fuqarolar yig‘inlarining yangi raislari (oqsoqollari) saylanguniga qadar uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fuqarolar yig‘ini raisi endi uch yilga saylanishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid