“Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi kanali xabar bermoqda.
Qonun bilan “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovi töğrisida”gi Qonun öz kuçini yöqotdi.
Qonun bilan fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovini ötkaziş bilan boğliq bir qator yangi qoidalar örnatildi.
Xususan, endilikda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) bilan bir vaqtda ularning maslahatçilarini saylaş tartibi bekor qilindi.
Yana bir muhim jihat, uşbu saylovlarning şaffof va oşkoraligini ta'minlaş maqsadida, Qonunda fuqarolar yiğini raisi saylovini taşkil etiş va ötkaziş, saylov ötkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar töğrisidagi axborot Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça kengaşlarning rasmiy veb-saytlariga saylov ötkazilişidan kamida beş kun oldin joylaştirilişi belgilandi.
Qonundagi muhim özgarişlardan yana biri, bu fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli)ning uç yilga saylanişi böldi. Muqaddam ular ikki yarim yilga saylanar edi.
Şu bilan birga, fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş va ötkazişga kömaklaşuvçi respublika komissiyasi tarkibiga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari, davlat organlarining, nodavlat notijorat taşkilotlarining, ilmiy va boşqa taşkilotlarning vakillari kiritilişi mumkinligi qonunda aks etdi.
Saylovlarda fuqarolarning vakillari böliş uçun taşkilotçilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi örtasida obro‘-e'tiborga ega böliş kerakligi qayd etildi. Endilikda bu vakillarning soni saylovda iştirok etiş huquqiga ega bölgan fuqarolar umumiy sonining kamida ön ikki foizini taşkil etişi kerak böladi.
Muhim özgarişlardan yana biri, endilikda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovlari faqat yaşirin ovoz beriş orqali amalga oşiriladi. Ilgari saylovlar oçiq yoki yaşirin ovoz beriş orqali amalga oşirilar edi.
















