Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangiga tayyor
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov bugun, 20 oktabr kuni (Toshkent vaqti bilan ertaga tongda) AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ushbu jangda G‘oibnazarovga mezbon bokschi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.
Ma'lumot uchun, Fazliddin shu kungacha prof-ringda 5 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 2 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etgan.
Lopesning bu boradagi tajribasi biroz ko‘proq. U professional boksda 34 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongan, 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to‘qnashuvda mag‘lubiyatga uchragan Uilbert 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jang haqida sentabr oyi o‘rtalarida ma'lum qilingan, Fazliddin raqibiga qarshi jang uchun «tayyorgarlikni uning chapaqayligini hisobga olgan holda olib borayotganini» aytgan edi.
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024