Rio Olimpiadasi çempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan özbekistonlik boksçi Fazliddin Ğoibnazarov bugun, 20 oktabr kuni (Toşkent vaqti bilan ertaga tongda) AQŞda özining navbatdagi jangini ötkazadi. Uşbu jangda Ğoibnazarovga mezbon boksçi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.

Ma'lumot uçun, Fazliddin şu kungaça prof-ringda 5 ta jang ötkazib, ularning barçasini öz foydasiga hal qilgan. Janglarning 2 tasida nokaut evaziga raqiblarini mağlub etgan.

Lopesning bu boradagi tajribasi biroz köproq. U professional boksda 34 ta jang ötkazib, ularning 23 tasida ğalaba qozongan, 15 tasida raqiblarini nokautga uçratgan. 9 ta töqnaşuvda mağlubiyatga uçragan Uilbert 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qöygan.

Eslatib ötamiz, uşbu jang haqida sentabr oyi örtalarida ma'lum qilingan, Fazliddin raqibiga qarşi jang uçun «tayyorgarlikni uning çapaqayligini hisobga olgan holda olib borayotganini» aytgan edi.