Rio Olimpiadasi çempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin Ğoibnazarov 20 oktabr kuni özining navbatdagi jangini ötkazadi. 

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, şu kuni hamyurtimizga Amerika Qöşma Ştatlari boksçisi Uilbert Lopes raqiblik qiladi. 

Ma'lumot uçun, Fazliddin şu kungaça professional ringda 5ta jang ötkazib, ularning barçasini öz foydasiga hal qilgan. Janglarning 2tasida nokaut evaziga raqiblarini mağlub etgan. 

Lopesning tajribasi esa bu borada biroz köproq. U professional ringda 34ta jang ötkazib, ularning 23tasida ğalaba qozongan. 15tasida raqiblarini nokautga uçratgan. 9ta töqnaşuvda esa mağlubiyatga uçragan. 1ta jangda muddatidan oldin yutqazib qöygan.