Olimpiya öyinlari çempioni, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan özbekistonlik boksçi Fazliddin Ğoibnazarov 20 oktabr kuni AQŞning Las-Vegas şahrida özining navbatdagi jangini ötkazadi. Öşa kuni unga mezbon boksçi Uilbert Lopes raqiblik qiladi.
Milliy olimpiya qömitasi boksçi bilan boğlanib, uşbu jangga tayyorgarlik qanday ketayotgani bilan qiziqqan.
«Navbatdagi raqibim professional ringda yaxşigina tajribaga ega. Çapaqay. Men har bir raqibga qarşi alohida tayyorgarlik olib boraman. Töqnaş keladigan raqibimni örganmay ringga çiqmayman. Tayyorgarlikni uning çapaqayligini hisobga olgan holda olib boryapmiz. Maşğulot zallarini ham şunga qarab özgartirib turibmiz. Tajribali çapaqay boksçilar bilan sparring janglar ötkazdim. Bir söz bilan aytganda, tayyorgarlik raqibni töliq örganişga qaratilgan. Öylaymanki, bu menga asqotadi. 20 oktabr kuni tomoşabop jang ötkazib, ğalabaga erişmoqçiman», – degan boksçi.
Ma'lumot uçun, Fazliddin şu kungaça professional boksda beşta jang ötkazib, ularning barçasida ğalaba qozongan. Ikkita ğalabani muddatidan oldin qölga kiritgan. Lopes esa 34ta jang ötkazib, ularning 23tasida ğalabaga erişgan, (15tasida nokaut evaziga) va 9 marta mağlubiyatga uçragan (1 marotaba nokaut bölgan).

















