Jahon | 15:00 / 08.11.2018
4259
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonadagi KXShT sammitida tashkilotning yangi bosh kotibi saylanadi

Yuriy Xachaturov/Foto: RIA Novosti

Ostona shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a'zo davlatlar sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Sammitda Armanistonda konstitutsion tuzumni ag‘darishda ayblanayotgan Yuriy Xachaturov o‘rniga tashkilotning yangi bosh kotibini saylash masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Sammitda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorussiya prezidentlari va Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi ishtirok etadi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning bildirishicha, KXShT yetakchilari tor doirada tashkilotning yangi bosh kotibini saylash masalasini muhokama qilishadi.

Ilgari KXShT bosh kotibi lavozimini egallab turgan Yuriy Xachaturov vazifasidan ozod qilingan, uning vazifasini bosh kotib o‘rinbosari Valeriy Semerikov vaqtincha bajarib turibdi. Xachaturovga nisbatan Armanistonda konstitutsion tuzumni ag‘darish ayblovi bo‘yicha ish ochilgan.

Xachaturov garov evaziga ozodlikka chiqarilgan. Armaniston KXShTga a'zo davlatlarga tashkilot bosh kotibini almashtirishni taklif qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid