Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat e'lon qilindi
Donald Tramp o‘rmon yong‘inlari avj olganligi sababli Kaliforniya shtatida favqulodda holat rejimini e'lon qildi.
AQSh prezidenti mahalliy hukumatga federal yordam ko‘rsatish to‘g‘risida farmoyish berdi.
So‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, yong‘inlar oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari payshanba kuni boshlandi. Hozirda yong‘in maydoni 36 ming gektarga yetdi, olov yetti mingta inshootning kulini ko‘kka sovurdi. 250 mingga yaqin kishi uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
San Francisco Chronicle gazetasining yozishicha, mazkur yong‘in Kaliforniya tarixidagi eng halokatli yong‘in bo‘ldi.