Jahon | 13:19 / 17.11.2018
25443
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston bosh vaziri Lukashenko va Nazarboyevdan norozi 

Foto: Primeminister.am

Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyevdan ularning KXShT bosh kotibi bo‘yicha bayonotlariga izoh talab qilish niyatida ekanini bildirdi.

Pashinyan Belarus rahbaridan nega norozi ekani ham ma'lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, u tashkilot a'zosi hisoblanmagan Ozarboyjon bilan harbiy tashkilot sammitini muhokama qilgan. Bu 12 noyabr kuni, Lukashenko Ozarboyjonning Minskdagi elchisi Latif Gandilov bilan uchrashganida sodir bo‘lgan, deb xabar tarqatdi EADaily.

Uchrashuvda Belarus yetakchisi KXShT bosh kotibi lavozimiga bir nechta nomzodlar borligini bildirdi. Shu bilan birga, u Armaniston vakilining tashkilot rahbari bo‘lishi kerakligiga shubha bilan qaragan. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ayni fikrni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu ham Pashinyanga yoqmayapti.

«Bu, masalan, KXShTga a'zo bo‘lmagan biron bir mamlakatning xorijdagi elchisini chaqirib, unga yopiq eshiklar shaklida o‘tkazilgan uchrashuv haqida gapirib berishga o‘xshaydi», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko Belarus KXShTda Armanistondan keyin alifbo tartibi bo‘yicha navbatdagi mamlakat hisoblanishi, Minsk bu lavozimga kimnidir taklif qilishga tayyor turishi kerakligi haqida aytgandi.

Mavzuga oid