Jahon | 09:05 / 17.11.2018
12925
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bosh vaziri JST bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi

Foto: TASS

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning ATES sammitida so‘zlagan nutqida ma'lum qilishicha, Jahon savdo tashkilotini (JST) isloh qilish zarurati paydo bo‘lgan. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Medvedev JSTni takomillashtirish zarurligini ta'kidladi, lekin uning rolini zaiflashtirish va uni batamom yo‘q qilish kerak emasligini bildirdi.

«Biz, boshqa ko‘plab mamlakatlar singari, tashkilot haqiqatan ham yangilanishga muhtoj ekanini tan olamiz. Biroq, bu uning ta'sirini kuchsizlantirish, ishi asosiy tamoyillarini buzish, boz ustiga - uni yo‘q qilib tashlash, degani emas. Bunday holat taraqqiy etgan savdoning qulashi demakdir», - dedi Medvedev.

Shuningdek, u proteksionizm o‘sib borayotgani haqida ogohlantirdi va xalqaro savdoni yuritishning aniq hamda oshkora qoidalariga chaqirdi.

ATES sammiti birinchi marta Papua-Yangi Gvineya poytaxti Port-Morsbida bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda Yevroosiyo uchun global tahdidlar ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid