Jahon | 16:57 / 19.11.2018
3695
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Saudiya Arabistonining 18 fuqarosiga Shengen hududiga kirishni taqiqladi

Foto: RIA Novosti / Igor Zarembo

Germaniya saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi sababli Saudiya Arabistonining 18 fuqarosiga Shengen hududiga kirishni taqiqladi, deb ma'lum qildi GFR TIV vakili Kristofer Burger.

"Tashqi ishlar vaziri jinoyat sodir etilishi va uning ortida kim turganligi bilan bog‘liq surishtiruv ishlarida  haligacha javoblardan ko‘ra savollar ko‘pligini bildirdi. Shuning uchun biz fransiyalik va britaniyalik do‘stlarimiz bilan maslahatlashdik va Germaniya Saudiya Arabistonining mazkur jinoyatga aloqadorligi ehtimoli bo‘lgan 18 fuqarosiga Shengen tizimi orqali kirishni taqiqlashi haqida qaror qabul qildik", — dedi Burger.

Qoshiqchi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o‘ldirilgan. Ushbu jinoyat bo‘yicha 18 kishi qo‘lga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid