Jahon | 14:50 / 20.11.2018
3247
1 daqiqa o‘qiladi

YeI davlatlari byudjyet bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Foto: AFP

Yevroittifoq mamlakatlari vakillari va Yevroparlament deputatlari 2019 yilgi YeI byudjyeti loyihasi haqida kelisha olmadilar. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Bryusseldagi muzokaralar to‘xtatilgan, sababi tomonlar 20 noyabrgacha barchani qoniqtirishi mumkin bo‘lgan bitim loyihasiga erishishmagan.

Yevropa ittifoqining byudjyet bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger so‘zlariga ko‘ra, endi yangi taklif bir necha kun ichida taqdim etiladi, agar u bo‘yicha ham kelishuvga erishish imkoni bo‘lmasa, moliyalashtirish oyma-oy amalga oshiriladi. Bunda kelgusi yil uchun ko‘paytirish rejalashtirilmagan amaldagi hajmdan kelib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevroittifoq 17ta mudofaa loyihasini ishga tushirgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid