Yevropa ittifoqi davlatlarining mudofaa vazirlari yangi qurollar yaratiş va razvedka, qömondonlik hamda nazorat, şuningdek, kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlaşga yönaltirilgan, xavfsizlikka oid 17ta yangi loyihani işga tuşiriş haqida qaror qabul qildilar. Bu haqda duşanba kuni YeI Kengaşi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bryusseldagi YeI Kengaşi yiğilişida vazirlar xavfsizlik va mudofaa sohasida (PESCO) doimiy ravişda tuzilgan YeI hamkorlik dasturi doirasida 17ta yangi loyihani ma'qulladilar», - deyiladi hujjatda. Nomi tilga olingan loyihalar orasida - artilleriyani boşqariş yangi tizimlarini yaratiş, zarba beruvçi vertolyotlarni modernizatsiya qiliş, boşqaruvçisiz suv osti apparatlarini yaratiş, dronlardan himoya tizimlari bor.

17 loyihadan beştasi mudofaa va xavfsizlik sohasida yevropalik mutaxassislar, şuningdek, Yevroittifoq missiyalari uçun qömondonlik tarkibi malakasini oşirişga qaratilgan. Ular orasida «YeI va NATO davlatlarining harbiy hamda fuqarolik xodimlarini razvedka intizomlariga öqitiş va şuğullantirişni ta'minlaydigan» YeI Qöşma razvedka maktabini (Joint EU Intelligence School, JEIS) taşkil etiş ham bor. Uşbu loyihaning yetakçi davlatlari Gretsiya va Kipr böladi.
PESCO dasturi 2017 yilning dekabrida işga tuşirilgan. U NATOning salohiyatini töldirişi kerak bölgan, Yevroittifoq öz harbiy imkoniyatlarini rivojlantiriş böyiça qator loyihalarni amalga oşirişni nazarda tutadi.












