Jahon | 20:51 / 26.11.2018
8921
1 daqiqa o‘qiladi

Lujnikida Moskvadagi birinchi osma arqonli yo‘l ochildi

Foto: Moskva merining rasmiy sayti

Rossiya poytaxtida birinchi osma arqon yo‘li ochildi. U Vorobyovi gori tepaligi va "Lujniki" olimpiya majmuasini bir-biri bilan bog‘laydi. 

Uning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, "Lujniki" tomosha maydonchasiga yetib kelish uchun 20 daqiqa kerak bo‘ladi. Arqon yo‘li orqali esa bunga atigi besh daqiqa ketadi.

Foto: Moskva merining rasmiy sayti

Osma arqon yo‘li orqali bir tomonga o‘tish 400 rubl bo‘lib, dam olish kunlari 100 rublga qimmatroq bo‘ladi. Birdaniga har ikki tomonga chipta olish arzonroqqa tushadi: ish kunlari— 700 rubl, dam olish kunlari — 800 rubl. Bundan tashqari, qator toifalardagi fuqarolar uchun imtiyozli tariflar joriy etilgan.

Foto: Moskva merining rasmiy sayti
Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid