Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirtirdi
Foto: AP Photo/Jason DeCrow
Rossiya tomoni Azov dengizidagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi chaqirtirilishini talab qildi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda TASS.
«Azov dengizidagi vaziyatning xavfli rivoji va undan keyin ro‘y bergan hodisalar tufayli Rossiya 26 noyabr kuni Xavfsizlik kengashining ochiq yig‘ilishi zudlik bilan chaqirtirilishini talab qildi. Bunda yig‘ilish «Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash» kun tartibi bandi bo‘yicha o‘tkaziladi», - dedi Polyanskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 19:00ga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukrainada harbiy holat joriy etilganini izohlab, safarbarlik haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026