Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston sobiq prezidenti Robert Kocharyan hibsga olindi
Foto: REUTERS
Armaniston apellyatsiya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Robert Kocharyanni hibsga olishga hukm chiqardi. Bu haqda Kocharyanning advokati Ayk Alumyan ma'lum qildi.
"Apellyatsiya sudi birinchi instansiya sudining qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi va shikoyatimizni rad etdi. Bu esa Kocharyanning hibsga olinishini bildiradi", — dedi Alumyan jurnalistlarga.
Iyulda maxsus tergov xizmati 2008 yil 1 martdagi norozilik namoyishlarini bostirish ishi doirasida Kocharyanga konstitutsion tuzumni ag‘darish bo‘yicha ayblov e'lon qilgandi. Ertasiga Kocharyan ikki oyga hibsga olingandi.
Himoyachilar apellyatsiya sudiga shikoyat qilganidan so‘ng birinchi instansiya sudining qarori bekor qilingandi.
Maxsus tergov xizmati Kocharyandan tashqari, sobiq mudofaa vaziri Mikayel Arutyunyan va KXShTning sobiq bosh kotibi Yuriy Xachaturovga nisbatan ham ayblov e'lon qilgandi. Xachaturov garov evaziga ozodlikka chiqarilgan, Arutyunyan esa qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026