Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonning sobiq prezidentiga mamlakatni tark etish taqiqlandi
Foto: RIA Novosti / Vitaliy Belousov
Pokiston hukumati pul yuvishda gumonlanayotgan mamlakat sobiq prezidenti Asif Ali Zardoriyni mamlakatni tark etishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Pokiston axborot vaziri Favad Choudxuri ma'lum qildi.
Choudxurining aytishicha, Zardoriy o‘nlab soxta bank hisobraqamlariga ega bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Vazirning qayd etishicha, mazkur ish bo‘yicha jami 172 kishi tergov qilinmoqda.
«Tergov davomida 172 kishining barchasiga mamlakatni tark etish taqiqlandi», – dedi Choudxuri.
Zardoriy 2008-2013 yillarda Pokiston prezidenti bo‘lgan. U ikki marta mamlakat bosh vaziri bo‘lgan Benazir Bxutto bilan oila qurgan bo‘lib, Bxutto 2007 yilda xudkush hujumidan halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:13
Pokistonda 21 yil noqonuniy yashagan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi
23:39 / 27.04.2026
Pokiston afg‘on universitetini o‘qqa tutdi: 7 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi
23:37 / 20.04.2026
«Forscha shaxmat Trampga og‘irlik qilyapti» – muzokaralarda mujmallik hukmron
14:24 / 08.04.2026