Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston gazi Qozog‘iston orqali tranzit qilinadi
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zbek gazining Qozog‘iston hududi orqali tranzit qilinishi to‘g‘risida kelishuv imzoladi, deb xabar berdi «KazTransGaz» AJ matbuot xizmati.
«Qozog‘istonning «KazTransGaz» AJ va O‘zbekistonning «O‘ztransgaz» AJ milliy operatorlari ilk bor Toshkent shahri iste'molchilari uchun o‘zbek gazini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali yetkazib berish to‘g‘risida kelishuv imzoladi», deyiladi xabarda.
Kelishuvga ko‘ra, Qozog‘iston hududi orqali bir mlrd kub metrgacha gaz yetkazib beriladi.
Xabarda aytilishicha, mazkur kelishuv Toshkent shahrida qishki mavsumda energetik muvozanatni ta'minlash imkonini beradi.
«Gaz Gazli—Chimkent va Buxoro gaz tarmog‘i tumani — Toshkent—Bishkek—Olmaota gaz tarmoqlari orqali yetkazib beriladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026