Jahon | 08:43 / 03.01.2019
14693
1 daqiqa o‘qiladi

OAV AQShning Afg‘oniston bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi

Foto: U.S. Army/Pfc. David Devich

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonda o‘z harbiy ishtirokini ikki barobar qisqartirish niyatida, deb yozmoqda Military.com portali Pentagondagi manbaga tayangan holda.

Manbaning aytishicha, Afg‘onistondagi AQSh va NATO qo‘shinlari qo‘mondoni, general-leytenant Skott Miller mintaqada joylashtirilgan 14 ming askardan taxminan 7 ming askarni mamlakatdan olib chiqib ketadi. Uning baholashicha, qo‘shinlarni olib chiqish jarayoni 8 oydan 12 oygacha davom etadi.

Shu bilan birga, manba qayd etishicha, AQShning zarba berish guruhlari «Tolibon» jangarilari pozitsiyalariga hujum qilish uchun Afg‘onistonda qoladi.

2018 yil oxirida Oq uy Amerika yetakchisi Donald Tramp Afg‘onistondagi AQSh harbiy ishtirokini kamaytirishga buyruq bermagani haqida ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda 10 ta mintaqaga katta e'tibor qaratilishi aytilgandi.

Mavzuga oid