Jahon | 09:45 / 04.01.2019
9759
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat qarzi Tramp davrida 2 trln dollarga oshdi

Foto: REUTERS

2018 yil oxiriga kelib AQSh davlat qarzi 21,9 trillion dollargacha oshib, 2017 yil boshidan, Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar prezidentiga aylanganidan beri 2 trillion dollarlik o‘sishni tashkil etdi. Bu haqda CNN telekanali Moliya vazirligiga asosan xabar bermoqda.

Mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh davlat qarzi Tramp muddatining boshida pasayishni ko‘rsatdi, ammo keyinchalik 2017 yil oxirida sodir bo‘lgan soliq islohoti tufayli yana orta boshladi.

AQSh kongressining byudjyet bo‘yicha boshqarmasidan qo‘shimcha qilishlaricha, 2018 yil oxiriga kelib davlat qarzi YaIM 78 foizini tashkil qildi. Bu 1950 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Davlat qarzini bartaraf etish Tramp saylovoldi kampaniyasidagi va'dalardan biri bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp demokratlar yetakchisiga kelishuv taklif qilgandi.

Mavzuga oid