AQŞ prezidenti Donald Tramp vakillar palatasidagi demokratlar yetakçisi Nensi Pelosiga «kelişuv» taklif qildi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Taklif şu bilan boğliqki, 3 yanvar, payşanba kuni Pelosi vakillar palatasi spikeriga aylanadi, sababi demokratlar oraliq saylovlar yakunlari böyiça uni nazorat qila boşlaydi. Hozirgi vaqtda tasdiqlanmagan byudjyet tufayli AQŞning bir qator federal muassasalari yopiq turibdi. Byudjyet böyiça ovoz berişdagi asosiy kelişmovçilik Trampning loyihasi - AQŞ va Meksika çegarasida devor qurişni moliyalaştiriş masalasi böldi.

«Çegaralar xavfsizligi, devor «masalasi» va şatdaun - Nensi Pelosi spiker sifatida öz işini boşlaşni xohlamaydigan narsalar! Keling, kelişuvga erişamiz?» - deya yozgan Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp 2018 yilni «tarixiy yutuqlar» yili deb atagandi.