Jahon | 19:32 / 04.01.2019
13778
1 daqiqa o‘qiladi
Kuvaytda dunyodagi eng uzun avtomobil ko‘prigi qurish rejalashtirilmoqda
Kuvaytda uzunligi 48,5 kilometr bo‘lgan dunyodagi eng uzun avtomobil ko‘prigi qurilishi 2019 yilda nihoyasiga yetadi, deb xabar berdi Arabian Business nashri.
Nashrga ko‘ra, Shayx Jobir nomidagi ko‘prik qurilishi aprel oyida yakunlanadi. Mazkur ko‘prik qurilishi bo‘yicha bundan olti yil oldin Koreyaning Hyundai korporatsiyasi bilan qiymati 2,6 milliard dollarlik shartnoma imzolangandi.
Ko‘prik uzunligi 36,1 va 12,4 kilometr bo‘lgan ikki qismdan iborat. U Quvayt aglomeratsiyasini Kuvayt buxtasining qarama-qarshi sohili bilan bog‘laydi.
Ayni paytda dunyoda eng uzun ko‘prik Xitoyning Tsindao shahrida bo‘lib, uning uzunligi qariyb 42 kilometrga teng.
Mavzuga oid
12:41 / 24.07.2024
Kuvayt O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda
12:29 / 24.07.2024
Kuvayt O‘zbekiston bilan tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
09:19 / 15.07.2024
Kuvayt «juda katta» neft konini topdi
12:44 / 26.06.2024