Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Kim Chen In Trampga maktub yubordi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Amerika prezidenti Donald Trampga maktub yo‘lladi. Bu haqda CNN muxbiri Uill Ripli manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
CNN jurnalistining manbasi ma'lumotlariga ko‘ra, Trampga maktubni Vashingtonga yo‘l olayotgan Shimoliy Koreya razvedkasi sobiq rahbari Kim Yon Chxol topshiradi. Kutilishicha, u 17 yanvar, payshanba kuni mamlakatga yetib keladi.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalari KXDR vakili Vashingtonga yaqin orada safar qilishi haqida bilib qolishgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Kim Chen In Si Tszinpinni mehmonga chaqirgandi.
Si Tszinpin tashrifi amalga oshadigan bo‘lsa, bu XXR raisining 2011 yildan beri Shimoliy Koreyaga ilk safariga aylanadi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026