KXDR yetakçisi Kim Çen In XXR raisi Si Szinpinni Şimoliy Koreyaga taşrif buyurişga taklif qildi. Bu haqda TASS Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayangan holda xabar bermoqda.

«Xitoy yetakçisi bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi va Kim Çen Inga özining taşrif böyiça rejalari haqida xabar berdi», - deyiladi agentlik axborotida.

Ta'kidlanişiça, Si Szinpin taşrifi amalga oşadigan bölsa, bu XXR raisining 2011 yildan beri Şimoliy Koreyaga ilk safariga aylanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Tramp bilan ikkinçi uçraşuvning maqsadini aytgandi.