Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Subaru Yaponiyadagi yagona zavodi ishini qayta tikladi
Subaru avtomobil kompaniyasi Ota shahrida joylashgan Yaponiyadagi yagona zavodi ishini qayta tikladi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.
Korporatsiya ishlab chiqarishni 16 yanvarda, hamkorlardan biri tomonidan yetkazib beriladigan butlovchi qismlarda nuqsonlar aniqlanganidan so‘ng to‘xtatib qo‘ygandi. Ushbu qismlardan qator modellar, jumladan, Forester krossoverini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Xabar qilinishicha, kompaniya nuqsoni bo‘lmagan yangi butlovchi qismlarni sotib olgan. Zavodning majburiy to‘xtab qolishi natijasida 20 ming dona avtomobil ishlab chiqarilmadi.
Mazkur zavod kompaniya avtomobillarining 60%ini ishlab chiqaradi. Yil oxiriga qadar bu yerda 650 ming dona mashina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:45 / 22.06.2026
O‘zbekistonda odamsimon robotlar ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi
13:44 / 20.04.2026
10 mlrd qarzi bilan tugatilgan zavod: “Toshkent yog‘-moy kombinati”ning ishchilari chorasiz qoldirildi
13:48 / 05.12.2025
Gomeldagi idish-tovoq zavodi RF uchun harbiy dronlar yetkazib beryapti
12:11 / 29.10.2025