Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xorazm Beklari» ishi Bosh prokuratura nazoratiga olindi
Xorazm viloyati, Urganch shahrida mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan «Xorazm Beklari» nomli ko‘p qavatli mehmonxona buzib tashlangani yuzasidan ma'lumot Bosh prokuratura tomonidan tekshirilmoqda.
Bosh prokuraturadagi manbaning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ushbu ish nazoratga olingan va tekshiruv ishlari yakunlangach, natijalar ma'lum qilinadi.
Yanvar oyida Kun.uz saytida «Xorazm Beklari» yakson etildi. 6,5 mlrd so‘m kredit olib mehmonxona qurgan tadbirkorning binosi hokimiyat tomonidan buzib tashlandi» sarlavhali material e'lon qilingan, unda bankdan 6,5 milliard so‘m miqdorida kredit olib, birinchi qavati restorandan iborat ko‘p qavatli mehmonxona binosi qurgan, lekin qurilishlari hokimlik tomonidan buzib tashlangan tadbirkorning muammolari bayon etilgandi.
Qayd etish kerakki, bu voqea 2018 yilning dekabrida ro‘y bergan, ammo bu haqda internetda, 2019 yilning yanvarida material berilmagunicha tegishli davlat muassasalari, xususan, shahar yoki viloyat prokuraturasi bu masalaga jiddiy e'tibor qaratmagan.
Mavzuga oid
13:33 / 08.10.2025
Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
11:29 / 09.08.2025
Urganchda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi
19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi
14:39 / 13.05.2025