«Har bir tadbirkor bilan «Siz» deb gaplaşamiz. Odamlar boy bölmasa, davlat boy böla olmaydi. Tadbirkor böliş, pul topiş va bank bilan işlaş oson emas. Uning uçun öqiş kerak, qölga qalam oliş kerak», - deb aytgan edi prezidentimiz  Şavkat Mirziyoyev öz ma'ruzalaridan birida.

Prezidentning tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan siyosati ölaroq, tadbirkorlarga iqtisodiyotni rivojlantirişdagi böğin sifatida qarala boşlandi. Masalan, ular biror sohada işlab çiqarişni yölga qöyadi, yangi iş örinlari yaratiladi, davlatga soliqlar tölanadi va davlatda pul aylanişining salmoği yanada ortadi. Iqtisodiyotni rivojlantirişda tadbirkorlarning örni juda muhim hisoblanadi.

Biroq, hamon joylarda yangiça siyosat mazmunini tuşunmay kelayotgan mansabdor şaxslar uçrab turibdi. Yaqinda Kun.uz tahririyatiga Xorazm viloyatidan murojaat kelib tuşgandi. Unda turizmni rivojlantiriş maqsadida tadbirkor qurayotgan mehmonxona binosi heç qanday asoslarsiz buzib taşlangani aytilgandi. Uşbu  murojaatni joyiga borib örganişga qaror qildik.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 

Ma'lum bölişiça,  2017 yilning 17 noyabr sanasida şahar hokimi qarori bilan «Xorazm Beklari» mas'uliyati çeklangan jamiyatiga Urganç şahar 28-son «Temir yölçi» mahallasi hududidan (temir yöl vokzal oldi maydoni hududi) tasdiqlangan loyihaga muvofiq birinçi qavati restorandan iborat köp qavatli mehmonxona binosi qurilişi uçun yer maydoni ajratiladi. Tegişli ruxsatnoma va xulosalar olingaç, tadbirkor quriliş işlarini boşlaydi.

Biroq, 2018 yilning 1 dekabrida hududga şaharning yangi hokimi Şuhrat Abdullayev keladi va deyarli bitiş arafasida bölgan binoni heç qanday ogohlantiriş va hujjatlarsiz, oğzaki topşiriq bilan buzdirişni boşlaydi.

Şuhrat Abdullayev