Jamiyat | 13:09 / 23.02.2019
10311
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda maktablarga kirish va chiqish joylari bo‘yicha petitsiya paydo bo‘ldi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktablarga kirish va chiqish joylarida yo‘lning qatnov qismidan trotuarni beton to‘siqlar bilan ajratish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ko‘plab maktablar avtomobil yo‘llarining chetida joylashgan. Ularning kirish va chiqish qismi bevosita yo‘lning harakat qismiga tutashadi. 

“Bu maktab o‘quvchilari uchun xavfni yuzaga keltirishi mumkin. Qolaversa, ko‘plab avtomobil haydovchilari transport vositalarini maktablarga yaqin joylarga to‘xtatishadi”, - deyiladi petitsiyada.

Bildirilishicha, bu holat maktablar atrofida tirbandlikni keltirib chiqarishi bilan birga o‘quvchilarga dars-mashg‘ulotlari davomida noqulayliklarni yuzaga keltiradi.

“O‘quvchilar xavfsizligini ta'minlash, turli noxushliklarning oldini olish maqsadida maktablar oldidagi trotuarlarni yo‘lning qatnov qismidan ajratib turadigan beton to‘siqlarni o‘rnatishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Mavzuga oid