FVV Andijondagi portlash bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi
FVV Andijondagi portlash yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi. Bildirilishicha, 26 fevral kuni taxminan 10:30da shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikasining isitish qozonxonasida qozon portlagan.
Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur holatning kelib chiqishiga, isitish qozonining nosozligi sabab bo‘lgan.
Avariya natijasida, voqea joyidan uzoq bo‘lmagan, flyuorografiya xonasida navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan Andijon shahri 4-sonli umumta'lim maktabining o‘quvchilari jabrlangan.
Aniqlanishicha, 9-sinfning 18 nafar o‘quvchisi va ularni kuzatib borgan 4 nafar o‘qituvchi yengil jarohat olgan, ularning ahvoli qoniqarli. Shuningdek, o‘rta darajadagi jarohatlangan ikki nafar o‘quvchilarga tezkor yordam ko‘rsatilgan. Ularning ham salomatligi qoniqarli darajada, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan, sodir bo‘lgan vaziyatning kelib chiqish sabablari, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Andijon shahar hokimiyati, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta'limi boshqarmalari rahbarlari hamda «O‘ztransgaz» mutaxassislari tarkibidan iborat komissiya tuzildi.
Mavzuga oid
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
15:57 / 07.11.2024
Is gazi qanday qilib insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi? FVV mas’uli izoh berdi
23:26 / 06.11.2024