Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp KXDR Otto Uormbirning o‘limi uchun mas'ul ekanini ma'lum qildi
Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika fuqarosi Otto Uormbirning o‘limi uchun Shimoliy Koreya mas'ul ekanini tan oldi.
Bu haqda u tvitterda yozgan.
«Men Shimoliy Koreyani Otto bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun mas'ul deb hisoblayman, aynan shu uning o‘limiga sabab bo‘ldi», - deb yozgan u.
Otto Uormbir KXDRda devordan targ‘ibot plakatini yulib tashlagani uchun qamalgandi. O‘shanda u 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Uchinchi davlatlar vositachiligidan ozodlikka chiqqan yigit tez orada Amerikadagi o‘z uyida xastalikdan vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Trampdan nima haqida so‘ragani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025