Şimoliy Koreya TIV rahbari Li Yon Xoning aytişiça, oxirgi marta ötkazilgan sammitda KXDR yetakçisi Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Trampdan sanksiyalarni butunlay emas, balki qisman bekor qilişni söragan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Tramp bunga javoban sanksiyalarni bekor qiliş uçun yangi şart qöygan. Li Yon Xoning aniqlik kiritişiça, Vaşington Yonbendagi yadro reaktorini buzib taşlaş bilan bir qatorda «yana bir çora» talab qilgan.

AQŞ prezidenti Donald Trampning Fox News’ga intervyuda ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan muzokaralari tomonlarning yadrosizlaniş masalasi böyiça turli pozitsiyalari tufayli amaliy natijalarga olib kelmagan.

Trampning sözlariga köra, Şimoliy Koreya hukumati qisman yadrosizlanişni taklif qilgan, u esa Koreya yarim oroli yadro qurolidan töliq xoli bölişi talabini qöygan. Şuningdek, Trampning ta'kidlaşiça, KXDRdan yadrosizlaniş böyiça «haqiqiy dastur»ni xohlagan.

«Ular [KXDR] bunga tayyor emas edi. Men buni töliq tuşunmoqdaman... Men ular yadrosizlanişni amalga oşirişini xohlagandim, ammo ular töliq yadrosizlanişga borişmaydi, bu faqat qisman bölişini istaşadi», - dedi Tramp.

Şuningdek, uning qayd etişiça, töliq bölmagan yadrosizlaniş evaziga sanksiyalarning qisman bekor qilinişi böyiça reja «notöğri» tuyulgan.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQŞ prezidenti Donald Trampning KXDR bilan kelişuvga erişmaslik böyiça qaroriga izoh berdi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.

Uning sözlariga köra, AQŞ yetakçisi özidan oldingi prezident Barak Obamaning xatolarini takrorlaşni istamagan.

«Prezident Obama Eron bilan yomon kelişuvdan uzoqlaşişni xohlamadi. Prezident Tramp bu xatoni Eron, Şimoliy Koreya yoki boşqa qaysidir davlat bilan sodir etmadi», - deya ma'lum qilgan Sanders.

Uning qöşimça qilişiça, AQŞ rahbari har doim, birinçi navbatda, Amerika xalqi xavfsizligi haqida öylaydi.