Jahon | 12:53 / 02.03.2019
24080
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp Xitoyga talab qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Xitoy hukumatidan Amerika qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun bojlarni darhol olib tashlashni so‘ragan. Bu haqda u tvitterda yozdi.
Trampning qayd etishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo muzokaralari muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
«Men Xitoydan bizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarimiz, shu jumladan, mol go‘shti va boshqa tovarlardan tariflarni darhol olib tashlashni so‘radim, sababi muzokaralarimiz muvaffaqiyatli davom etmoqda», - deya yozgan u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Si Tszinpin bilan uchrashuv joyini ma'lum qilib, «juda katta yangiliklar» haqida va'da bergandi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023