AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida XXR raisi Si Tszinpin bilan uçraşuv ötkazişni rejalaştirgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.

Amerika yetakçisining fikriça, bu savdo masalasi böyiça Vaşington va Pekin örtasidagi muzokaralarda sezilarli özgariş yuz bergani bilan boğliq. Sammit yakunlari böyiça Tramp Xitoy bilan savdo bitimi tuzişni möljallamoqda.

«Tomonlar ijobiy özgarişlarga erişganini hisobga olib, biz Mar-o-Lagoda rais Si [Tszinpin] bilan sammitni rejalaştiryapmiz. AQŞ va Xitoy uçun juda yaxşi dam oliş kunlari!» - deb yozgan Tramp.

Şuningdek, Trampning ma'lum qilişiça, Xitoy bilan özaro manfaatli savdo bitimiga erişiş niyatida.

Amerika yetakçisining sözlariga köra, agar Pekin bilan muzokaralar yaxşi ötsa, unda kelgusi bir neça hafta içida «juda katta yangiliklar» paydo böladi.

«Xitoy juda ajoyib edi. Biz har ikki mamlakat uçun ham yaxşi böladigan bitimga erişmoqçimiz va buni amalga oşiramiz», - deya ma'lum qildi Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Xitoy valuta böyiça kelişib olgandi.