O‘zbekiston | 17:51 / 05.03.2019
14345
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Rossiyaga qo‘l yukida meva-sabzavotlar olib kirishga ruxsat berildi

Foto: uzagroexport.uz

Rosselxoznadzor O‘zbekistondan qo‘l yuki va yuklarda umumiy og‘irligi 5 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan meva va sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 5 martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan yo‘lovchilarga qo‘l yuki va yuklarda umumiy og‘irligi 5 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda sarxil meva-sabzavotlar, quritilgan mevalar va yong‘oqlar olib kirishga ruxsat berilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ruxsat O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini bo‘yicha davlat inspeksiyasi kafolati ostida berilgan.

Avvalroq O‘zbekiston hukumatining qarori bilan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangandi.

Mavzuga oid