Rosselxoznadzor Özbekistondan qöl yuki va yuklarda umumiy oğirligi 5 kilogrammdan köp bölmagan meva va sabzavotlarni olib kirişga ruxsat berdi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilişiça, 5 martdan boşlab Özbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan yölovçilarga qöl yuki va yuklarda umumiy oğirligi 5 kilogrammdan ortiq bölmagan miqdorda sarxil meva-sabzavotlar, quritilgan mevalar va yonğoqlar olib kirişga ruxsat berilgan.

Qayd etilişiça, mazkur ruxsat Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini böyiça davlat inspeksiyasi kafolati ostida berilgan.

Avvalroq Özbekiston hukumatining qarori bilan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangandi.