23 fevral kuni Özbekiston hukumatining 163-sonli qarori bilan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi kanalida ma'lumot berilgan.

Nizomga muvofiq, tadbirkorlar ulgurji savdo litsenziyasiga ega bölmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş huquqiga ega hamda ularning tuşumlariga yagona soliq tölovi qöllaniladi.

Eksport dastlabki tölovsiz, akkreditiv oçmasdan, bank kafolatini rasmiylaştirmasdan hamda kontraktni suğurta polisisiz amalga oşirilişi mumkin.

Eksport qiluvçilar meva-sabzavotlarni keyinçalik eksport qiliş uçun jismoniy şaxslardan sotib olganda, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça imtiyozlar sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila a'zolariga ajratilgan yerlarda yetiştirilganini tasdiqlovçi hujjat taqdim etilmasdan qöllaniladi.

Mahsulotlarni transportda taşişda tabiiy yöqoliş kuzatilganida bu haqda tadbirkorlar Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ma'lumot kiritadi. 

Tabiiy yöqolişlar bölganida yöqoliş summasi debitor qarzdorlik sifatida hisobga olinmaydi.

Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontrakti böyiça debitorlik qarzi mavjud tadbirkorlar avtomatik ravişda nohalol eksportçilar reyestriga kiritiladi.

Nohalol eksportçilar keyingi eksportini faqat 100 foizli oldindan tölov şarti bilan amalga oşiradi.