Jahon | 19:51 / 26.03.2019
17920
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada saylov kampaniyasiga eng ko‘p pulni kim sarflagani ma'lum qilindi

Foto: Gleb Garanich / Reuters

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saylov kampaniyasini o‘tkazishga 407,8 mln griven (16,3 mln dollarga yaqin) sarfladi. Bu haqda Ukraina markaziy saylov komissiyasi ma'lum qildi.

Uning asosiy raqobatchilari «Batkivshchina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko va shoumen Vladimir Zelenskiy bir necha baravar kamroq pul sarflashgan. Timoshenko 163,7 mln griven, Zelenskiy esa 86,4 mln griven xarajat qilgan.

«Oppozitsion blok» harakatidan nomzodi ko‘rsatilgan Aleksandr Vilkul 111,4 mln griven sarf qilgan bo‘lsa, sobiq mudofaa vaziri Anatoliy Gritsenko 101,4 mln griven sarflagan. 

Poroshenko reklamaga pul sarflash bo‘yicha ham yetakchi (251 mln griven). Yuliya Timoshenko reklamaga 118 mln griven, Zelenskiy 64 mln griven sarflagan.

Ukrainada prezident saylovi 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid