Jahon | 16:34 / 28.03.2019
6097
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Qora dengiz xavfsizligi bo‘yicha Gruziya bilan hamkorlikni faollashtiradi

Foto: Global Look Press/Artur Widak

NATO bosh kotibining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha maxsus vakili Jyeyms Appaturay blok Gruziya bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Bu haqda TASS Gruziya OAVga asosan xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tbilisi ittifoqqa integratsiyalashuv jarayonini davom ettirish uchun barcha imkoniyatlarga egadir.

«Alyans Gruziya bilan Qora dengiz xavfsizligi sohasida hamkorlikni kuchaytirish va kengaytirish yo‘nalishi bo‘yicha aniq qadamlar qo‘ymoqchi», - deya ma'lum qildi Appaturay.

Bundan oldin, AQSh Rossiyaga qarshi NATOning yangi choralarini e'lon qilmoqchi ekani xabar berilgandi.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilishicha, Vashington kelgusi hafta Rossiyaga qarshi Ukraina tufayli NATO yangi choralari e'lon qilinishiga umid bildirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid