Jamiyat | 18:45 / 29.03.2019
10878
4 daqiqa o‘qiladi

«Rahbarlarning sevimli kitobi»: Oliy sud raisi va Ichki ishlar vazirining sevimli kitoblari

Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev «Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasi doirasida vazirlar, hokimlar va hukumatning boshqa vakillarining eng sevimli kitoblari ro‘yxatini taqdim qilishda davom etadi.

«Bugun ro‘yxatimiz har kungidan biroz qisqaroq. Chunki ko‘p rahbarlar xizmat safarlarida bo‘lgani uchun ular bilan bog‘lanish biroz qiyin bo‘lmoqda. Lekin kezi kelganda bir gapni aytish kerak, «Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasini amalga oshirishda tashkilotlarning matbuot xizmatlari katta yordam berishmoqda. Umuman olganda mansabdor shaxslar bilan bog‘lanish avvalgidek boshog‘riq yoki ushalmas orzu bo‘lmay qoldi, ayrimlarini istisno qilganda, deyarli barcha tashkilotlarda jamoatchilik bilan ishlashda keskin ijobiy o‘zgarish bo‘lgani quvonarli hol», deya qayd etgan u loyihaning navbatdagi qismida.

Kozimjon Kamilov – Oliy sud raisi

• Oybek. «Navoiy»
• O‘tkir Hoshimov. «Ikki eshik orasi»
• Said Ahmad. «Ufq»

Po‘lat Bobojonov – Ichki ishlar vaziri

• Uinston Cherchill. «Ikkinchi jahon urushi» (6 tomlik)
• Aleksandr Dyuma. «Graf Monte Kristo»
• Jumaboy Rahimov. «Vatanning sheryurak bahodiri»

P.Bobojonov «Vatanning sheryurak bahodiri» asarini millat qahramoni, sarkarda Jaloliddin Manguberdi hayotiga oid eng mukammal asarlardan biri sifatida e'tirof etdi va barchaga ushbu asarni mutolaa qilishni tavsiya qildi.

Alisher Sultonov – Energetika vaziri

• Marsel Brion. «Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur»
• Aleksey Tolstoy. «Pyotr Birinchi»
• Oybek. «Navoiy»

Shuningdek, A.Sultonov Daniyel Defoning «Robinzon Kruzo» asarini ham sevib mutolaa qilganini ta'kidladi.

Zafar Ro‘ziyev - Qashqadaryo viloyati hokimi

• Nizomulmulk. «Siyosatnoma» (Siyar ul-muluk)
• Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar»
• Marsel Brion. «Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur»

Shuningdek, Z.Ro‘ziyev «Temur tuzuklari»ni ham alohida yodga oldi.

Otabek Nazirov - Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori

• Platon. «Davlat» (The Republic by Plato)
• Adam Smit. «Xalqlar boyligi» (The Wealth of Nations by Adam Smith)
• Yuval Xarari. «Sapiens: Insoniyatning qisqacha tarixi» (Sapiens: A Brief history of humankind by Yuval Harari)

Shuningdek, O.Nazirov Paulo Koeloning «Alkimyogar» asarini ham tavsiya qildi.

Xalilillo Turaxujayev – Davlat xizmatlari agentligi direktori

• Gabriel Garsiya Markes. «Yolg‘izlikning yuz yili», «Oshkora qotillik qissasi»
• Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma»
• Detektiv asarlar

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid