Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev «Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasi doirasida vazirlar, hokimlar va hukumatning boshqa vakillarining eng sevimli kitoblari ro‘yxatini taqdim qilishda davom etadi.

Vladimir Norov – Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi

• Pirimqul Qodirov. «Yulduzli tunlar»
• Deyl Karnegi. «Do‘st orttirish va odamlarga ta'sir ko‘rsatish to‘g‘risida» («How to Win Friends and Influence People»)
• Li Kuan Yu. «Uchinchi dunyo mamlakatlaridan - birinchiga. Singapur tarixi (1965-2000)»

Shuningdek, V.Norov yozuvchi Nassim Nikolas Talebning «Mo‘rtlikka qarshi - xaosdan foyda olish» («Antixrupkost – Kak izvlech vygodu iz xaosa») asarini ham tavsiya qildi.

Ibrohim Abdurahmonov - Innovatsion rivojlanish vaziri

• Isajon Sulton. «Hazrati Hizr izidan» hikoyasi va «Genetik» romani
• Jyeyms Uotson. «Qo‘shaloq zanjir»
• Benjamin Lyuin. «Genlar»

Shuningdek, I.Abdurahmonov Iqbol Mirzo ijodini sevib mutolaa qilishini ta'kidladi.

Dilmurod Nabiyev – Jismoniy tarbiya va sport vaziri

• Muhammad Yusuf va Vladimir Mayakovskiy she'rlari
• Lev Tolstoy. «Urush va tinchlik»
• Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar»

Erkinjon Turdimov – Samarqand viloyati hokimi

• Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon»
• Marsel Brion. «Amir Temur», «Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur»
• Chingiz Aytmatov. «Oq kema», «Erta qaytgan turnalar»

Alisher Xodjayev – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

• Anatoliy Kondrashov (tuzuvchi). «Buyuk insonlarning buyuk fikrlari» («Velikiye mysli velikix lyudey. Mudrost tysyacheletiy»)
• Grexem Dauling. «Marketing ilmi va san'ati» («Nauka i iskusstvo marketinga»)
• Amir Temur. «Temur tuzuklari»

Behzod Musayev – Soliq qo‘mitasi raisi