Bugungi kunda kitobxonlik haqida köp gapirilmoqda. 19 mart kuni bölib ötgan videoselektor majlisida Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi, ayniqsa, yoşlar ma'naviyatini yuksaltiriş masalasiga töxtalib, «Har bir rahbar özining şaxsiy kutubxonasidan özi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovğa qilsa, bu yaxşi taşabbus bölib kitobxonlikni rivojlantiriş bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta'sir körsatadi», deb ta'kidlagan edi.

Xuşnudbek Xudayberdiyev «Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasi doirasida hukumat vakillari, jamoat arboblari, xorijiy mamlakat elçilari, xalqaro taşkilotlarning Özbekistondagi vakillaridan eng sevimli 3ta kitoblarining röyxatini olişga uringan.

U özining telegramdagi kanalida uşbu sörovnomaning 1-qismini havola qilgan.

Baxtiyor Mirboboyev – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi

Muhammad Ali. «Uluğ saltanat» (4 jildi)
Oybek. «Navoiy»
Abdulla Qodiriy. «Ötkan kunlar»

Ubaydulla Mingboyev – Özbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengaşi raisi

Tohir Malik. «Odamiylik mulki»
Harold Lemb. «Bobur-yölbars»
Alişer Navoiy. Barça asarlari, lekin ayni birini körsatiş kerak bölsa, unda «Xamsa»

Otabek Murodov – Özbekiston Respublikasi Boş prokurori

Artur Konan Doyl. Şerlok Xolmsga oid asarlari
Djon Perkins. «Iqtisodiy qotilning iqrori» («Confessions of an Economic Hit Man»)
Abdulla Qodiriy. «Ötkan kunlar»

Şuningdek, Jyek London hamda Eduard Topol asarlarini ham tavsiya qildi. 

Komil Allamjonov – Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

Nikkolo Makiavelli. «Hukmdor»
Amir Temur. «Temur tuzuklari»
Antuan de Sent-Ekzyuperi. «Kiçik şahzoda»