Jahon | 20:06 / 04.04.2019
5686
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada ikki bankni tunamoqchi bo‘lgan 11 talonchi otib o‘ldirildi

Foto: RIA Novosti

Braziliyaning Guararema shahridagi ikki bankni tunashga uringan 11 talonchi politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda Globo kanali xabar berdi.

Talonchilik hujumlarida jami 25 kishi qatnashgan. Hujum qilganlarning bir guruhi politsiyadan qochish chog‘ida bir oilani garovga olgan, ammo politsiya ularni otib o‘ldirgan.

Talonchilar erta tongda beshta zirhlangan avtomobilda hujum uyushtirishgani aytilmoqda.

Formato21 portalining yozishicha, talonchilar banklar eshiklariga portlovchi qurilmalar o‘rnatishgan, biroq o‘z vaqtida yetib kelgan politsiya ularga xalaqit bergan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid