Jahon | 15:09 / 08.04.2019
7606
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Suriyada operatsiya o‘tkazishga tayyor

Foto: EPA-EFE/ERDEM SAHIN

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara Suriyada yangi operatsiya o‘tkazishga to‘liq tayyorligini va bu masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilishini ma'lum qildi. U Moskvaga parvozi oldidan ana shu fikrni bildirdi.

"Bizda operatsiya uchun hamma narsa tayyor. Biz Suriya bilan chegara bo‘ylab barcha zarur narsalarni tayyorladik. Putin bilan ikki tomonlama uchrashuvda buni muhokama qilamiz", - dedi u NTV telekanali efirida.

Avvalroq Erdo‘g‘an Vashington Anqaraga AQShning raketalarga qarshi majmualari Patriot bo‘yicha Rossiya S-400 tizimlarini xarid qilish shartnomasidagi kabi shartlarni taklif qila olmaganini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid