Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Amerikaning B-52 samolyotini urib tushirishganini ma'lum qilishdi
Foto: REUTERS
«Tolibon» harakati jangarilari Amerikaning Boeing B-52 Stratofortress strategik bombardimonchi samolyotini urib tushirilgani ma'lum qilindi. Muraselon nashri tashkilot vakili Qori Yusuf Ahmadiyning bayonotiga e'tibor qaratdi.
Xabar qilinishicha, samolyot urib tushirilganligi haqidagi xabar Twitter’da paydo bo‘lgan. Unda qayd etilishicha, bombardimonchi samolyotga Vashir okrugida zarba berilgan. Zarbadan so‘ng B-52 qulab tushgan, uning bortidagilarning barchasi halok bo‘lgan.
Afg‘oniston hukumati va AQSh tomoni mazkur xabarga izoh bermadi.
8 aprelda Bagramdagi NATO aviabazasiga hudkush-terrorchining hujum qilishi oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:58 / 01.05.2026
Eron AQSh bilan tinchlik muzokaralari doirasida yangi taklif yubordi
20:28 / 01.05.2026